12:11 / 03.04.2024
185

Yoshartiruvchi o‘simlik: har kuni selderey sharbatini ichishning foyda va zararlari

Yoshartiruvchi o‘simlik: har kuni selderey sharbatini ichishning foyda va zararlari
Selderey eng foydali ko‘katlardan biri hisoblanadi. Uni sharbat shaklida ichish tanaga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Selderey go‘zallik, yoshlik va salomatlik eliksiri deb ham ataladi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Quyida mashhur ko‘katning ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Foto: Imghub
Seldereyning inson salomatligiga ijobiy ta’siri ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Hygienic Engineering and Design jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, selderey inson salomatligini yaxshilashda o‘rni katta, mazkur ko‘kat ayniqsa jigar faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot ishlarida ishtirok etgan insonlarning ko‘pchiligida bilirubin darajasining pasayishi, qondagi jigar fermentlari kamayishi kabi holatlar kuzatildi.

Selderey sharbatining foydali xususiyatlari

Selderey tarkibida A, K va C vitaminlari, kalsiy, magniy va kaliy kabi foydali minerallar mavjud. Ular tanani muhim oziq moddalar bilan ta’minlaydi.

Ko‘kat tarkibidagi vitamin C immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, viruslar va infeksiyalarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi.

Selderey sharbati issiq kunlarda organizmni suv bilan to‘yintirishda va gidratlanishda yordam beradi.

Selderey tarkibidagi antioksidantlar yallig‘lanishni kamaytirishga va terining umumiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Shunisi muhimki, seldereyni me’yordan ortiq iste’mol qilish aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Selderey terining quyosh nuriga sezgirligini oshirib yuborishi mumkin.
Qon bosimini tartibga solish hamda gipertoniyada selderey sharbati foyda beradi.

Selderey sharbatining xavfli xususiyatlari

Foto: Econet
Selderey tarkibidagi natriy organizm yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur ko‘kat jiddiy allergik reaksiyalar — qichishish, teri toshmalari, shishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Seldereyni me’yordan oshiq iste’mol qilish diareyani keltirib chiqarish ehtimoli yuqori.

Turli dori-darmonlar qabul qilishda selderey iste’molini cheklash lozim.
Homiladorlikning ilk uch oyida selderey sharbatini ichish mumkin emas, chunki u bachadon mushaklariga qon quyilishi va uni qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Umumiy xulosa qilganda selderey foydali vitamin va minerallarga boy ko‘katdir, faqat uni me’yorda iste’mol qilish hamda sof selderey sharbatini ichishda mutaxassis bilan maslahatlashish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yoshartiruvchi o‘simlik: har kuni selderey sharbatini ichishning foyda va zararlari