01:07 / 11.06.2024
80

Mutaxassis: “Tamaki chekuvchilarning stressli holatlardan chiqib ketishi qiyin kechadi”

Mutaxassis: “Tamaki chekuvchilarning stressli holatlardan chiqib ketishi qiyin kechadi”
Avvallari bosh miyada ishemik insultga uchragan insonlar yoshi 55-60 orasida uchragan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 30 yoshda ham mazkur kasallik kuzatilmoqda. Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi dots.nti Sarvinoz Qoraxonova “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Sarvinoz Qoraxonovaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda shifokorlarga murojaat qilayotganlarning aynan 70 foizida qon aylanish tizimida muammolar bor.

"Yurak va bosh miya qon aylanishi kasalliklari bo‘yicha xavfli guruhga tamaki mahsulotlari chekuvchilar kiradi.

Avvallari ishemik insultga uchragan insonlar yoshi 55-60 orasida bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 30 yoshda ham mazkur kasallik kuzatilmoqda. Buning sabablari o‘rganilganida shu narsa ayon bo‘lyaptiki, aynan qon-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilish ko‘payib ketgani bois yuqorida aytilgan kasalliklar yuzaga kelmoqda.

Agarda inson sog‘lom bo‘lsa va unga qandaydir stressli vaziyatlar yuzaga kelsa, uni yengishga kuchi yetadi. Aksincha, inson noto‘g‘ri hayot tarzida yashasa, ya’ni qon tarkibida xolesterin ko‘p bo‘lsa, buning ustiga tamaki mahsulotlarini chekadigan bo‘lsa, stressli holatlardan chiqib ketishi qiyin kechadi. Qarangki, bu stresslar borib-borib yurakka yoki bosh miyaga ta’sir qilib insult, infarkt keltirib chiqaradi
", — dedi mutaxassis.

Sarvinoz Qoraxonovaning tushuntirishicha, nikotin tomirlarda kengaytiruvchi sifatida ta’sir qilgani uchun uni iste’mol qilgan inson vaqtincha tinchlanadi. Qon-tomirlardagi patologik jarayonlar, ya’ni biron-bir o‘zgarish yoki kasalliklar kuzatilganida nikotin sabab qon tomirlari kengayishi qiyinlashadi. Oqibatda qon-tomir sun’iy ravishda kengayadi, natijada turli xil yorilishlar, qon ketishlar yuzaga keladi. Bunday holatlar yurakda yoki bosh miyada kuzatilsa, organizm uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mutaxassis: “Tamaki chekuvchilarning stressli holatlardan chiqib ketishi qiyin kechadi”