Botulizm o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uni Botulizm tayoqchasi (Clostridium) anaerob qo‘zg‘atadi. Tashqi muhit ta’sirlariga juda chidamli anaerob kislorodsiz sharoitda o‘sadigan mikroblar oilasiga mansub.
Botulizm umumiy infeksion intoksikatsiya, oshqozon-ichak traktining buzilishi va nevrologik sindromlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu kasallik o‘ta xavfli va ko‘p hollarda o‘limga olib keladi. Botulizmning qo‘zg‘atuvchisi — Clostridium bakteriyasi uy sharoitida tayyorlangan dudlangan baliq va go‘sht, sabzavot va meva konservalari hamda yaralarda rivojlanadi.
Foto: Medical News Today
Botulizm belgilari va kasallikning xavfli tomonlari
Botulizmning birinchi belgilari intoksikatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i. Zaiflik va bosh aylanishi kuzatiladi. Ba’zi bemorlar hushini yo‘qotishi ham mumkin. Qayt qilish va ich ketishi qisqa vaqt davom etib, nevrologik belgilar boshlanganidan so‘ng odatda yo‘qoladi. Keyin esa nerv tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi, infeksiya bosh miya va orqa miyadan mushak to‘qimalariga o‘tadigan nerv impulslari bloklanadi. Natijada mushak tolalarining funksiyasi kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Disfagiya (yutina olmaslik), dizartriya (nutqning buzilishi), dispnoe (nafas olishning buzilishi) vujudga keladi, ko‘z xiralashadi va oxir-oqibat qo‘l va oyoqlar falajlanadi.
Agar o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bemor nafas olish mushaklarining to‘xtashi tufayli halok bo‘lishi mumkin. Chunki butun tanadagi mushaklar ishdan chiqqach, bemor nafas ham ololmaydi.
Chaqaloqlarda botulizmning belgilari:
- qabziyat;
- zaif yig‘i;
- yemishda qiynalish va ishtaha yo‘qolishi;
- mushaklar yaxshi ishlamasligi yoki va falaj;
- boshni ushlay olmaslik;
- bo‘g‘ilish va nafas olishning qiyinlashuvi.
Botulizm qanday aniqlanadi?
Foto: “Lisa.ru”
Tashxis klinik tekshiruvdan orqali aniqlanadi. Ammo botulizm belgilari insult yoki Giyen-Barre sindromi bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bemorning qon va axlatida bakteriyalarni aniqlash uchun klinik tekshiruv o‘tkaziladi.
Davolash
Davolash yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonada amalga oshiriladi. Agar intoksikatsiya belgilari yuzaga kelsa, darhol tez yordam chaqirish yoki yuqumli kasalliklar shifoxonasiga borish talab etiladi. Bemor aynan nimalar iste’mol qilganini shifokorga aytishi muhimdir. Botulizmni davolashning asosiy usuli zaharlanishni zararsizlantiradigan antidotni yuborishdan iborat.
Tez yordam kelishidan avval bemorga qanday yordam ko‘rsatish mumkin?
Tez yordam kelishidan avval oshqozonni yuvish, bemorga sorbent va ko‘p suyuqlik berish lozim. Ular toksin ta’sirini kamaytiradi.
Botulizmni oldini olish
Foto: Medical Today
- Bozorlarda va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida tayyorlanib, noqonuniy ravishda sotilayotgan, sifati kafolatlanmagan dudlangan go‘sht va baliqlarni hamda sabzavot-meva konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik;
- Shaxsiy xonadonlarda tayyorlangan bu kabi mahsulotlar kasallik keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asal bermaslik (asalda botulizm sporalari bo‘lishi mumkin) va chaqaloqlar uchun ovqat tayyorlash va saqlashda ehtiyot bo‘lish;
- Oziq-ovqatlarni konservalashda ehtiyot bo‘lish va idishlar sterillanganligiga ishonch hosil qilish;
- Yaroqlilik muddati o‘tgan, qadog‘i buzilgan, ko‘pikli, mog‘orli yoki yomon hidli , shikastlangan, shishgan banka va qadoq va butilkalardagi taomlarni tashlab yuborish;
- Sovuq ovqatlarni 5° C dan past haroratda va issiq taomlarni 60° C dan yuqori haroratda saqlash;
- Ochiq yaralarni sovun va suv bilan yuvish.
Botulizm qanchalik keng tarqalgan?
Botulizm epidemiyasi kamdan-kam uchraydi, ammo JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ular infeksiya manbasini imkon qadar tezroq aniqlashni talab qiladigan favqulodda vaziyat e’lon qilishni talab etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi