
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy La Liga 10-turidan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi. Uchrashuv bugun, 26-oktabr kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin bosh hakami boshlanish signalini Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da beradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mostovoyning ta’kidlashicha, ikki jamoa hozir yaxshi sport formasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Real” safida Kilian Mbappe har uchrashuvda gol urib, rekordlarni yangilamoqda.
U, shuningdek, “Barselona” o‘zining chiroyli o‘yini bilan ajralib turishini qayd etdi. Mostovoy bu safar ustunlik “Real” tomonida bo‘lishini aytib, madridliklar “Barselona”ni bir gol farqi bilan mag‘lub etishini taxmin qildi.
Hozirgi vaqtda “Real” Ispaniya chempionati jadvalida 24 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Barselona” esa to‘qqizta turda 22 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
“El klasiko” oldidan ikki jamoa chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar