Halqum, bo‘g‘iz yoki traxeya shilliq qavatida yallig‘lanish va shish — tomoqda og‘riq paydo bo‘lishining asosiy sababchisidir. Ko‘pincha tomoq og‘rig‘ini virusli infeksiyalar keltirib chiqaradi, ammo bunga boshqa sabablar ham mavjud bo‘lishi mumkin, jumladan:
- bakteriyalar;
- allergiya;
- ovoz apparati mushaklarining haddan tashqari zo‘riqishi;
- quruq havo;
- zaharli moddalarni hidlash;
- gastroezofageal refluks kasalligi va boshqalar.
Shuning uchun, tomoq og‘rig‘ini ba’zan faqatgina shifokor yengillashtirishi mumkin.
Tomoq og‘rig‘i qanday tus olganda shifokorga murojaat qilish kerak?
Odatda tomoq og‘rig‘i bir necha kun ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, lekin ba’zi hollarda shifokor ko‘rigi talab etiladi.
Qachon tez yordamni chaqirish kerak?
Quyidagi belgilar kuzatilganda tez tibbiy yordamga murojaat qiling:
- yutish yoki nafas olishda qiyinchiliklar bo‘lsa;
- so‘lak bezlari me’yoridan ortiq ishlasa (bu yuta olmaslik kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin);
- nafas olishda hushtakka o‘xshash ovoz va shovqin kuzatilsa;
- og‘riq juda kuchli bo‘lsa holat vaqt o‘tgani sayin yomonlashsa.
Qachon shifokor ko‘rigiga yozilish kerak?
Quyidagi belgilar kuzatilganda umumiy shifokor yoki otorinolaringolog bilan maslahatlashing:
- tomoq og‘rig‘i juda kuchli bo‘lsa va bir haftadan ortiq vaqt ichida yengillashmasa;
- ovozning bo‘g‘ilishi ikki haftadan ortiq davom etsa;
- bemor yutishda qiynalsa;
- nafas olish murakkablashsa;
- og‘izni ochganda og‘riq paydo bo‘lsa;
- bo‘yin yoki yuzda shish paydo bo‘lsa;
- quloq ham og‘risa;
- qon yo‘talsa;
- terida toshmalar paydo bo‘lsa;
- tana harorati 38,3° C dan oshsa.
Tomoq og‘rig‘i nonushta vaqtidagi iliq ichimlik, masalan, choydan keyin ham yumshamasa, farzandingizni pediatrga olib borishingiz mumkin.
Foto: Everyday Health
Tomoq og‘rig‘ini uy sharoitida yengillashtirish
Agar yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimcha alomatlar bo‘lmasa, tomoq og‘rig‘ini uyda davolash mumkin. buning uchun:
Ko‘proq iliq suyuqlik iching
Choy, kompot, sut — bu ichimliklar shilliq pardalarni namlaydi tomoqdagi og‘riqni yengillashtiradi. Agar yo‘tal ham bezovta qilsa, choyga asal qo‘shishingiz mumkin. ammo asalni bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga bermaslik kerakligini yodda tuting.
Bir oz muzqaymoq iste’mol qiling
Ko‘pchilik muzqaymoq tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaradi, deb o‘ylaydi. Aslida esa sovuqlik yallig‘lanishni kamaytiradi.
Tomoqni chaying
Bir stakan iliq suvga yarim choy qoshiq oddiy osh tuzi yoki iste’mol sodasini qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Eritma bilan tomoqni chaying. Tuzli suv tomoqdagi shish va og‘riqni kamaytirishga yordam beradi. Soda tomoqni tinchlantiradi balg‘amni eritadi.
Retseptsiz antigistamin preparatlarini qabul qiling
Antigistaminlar qon tomirlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan shish va yallig‘lanishni kamaytiradi.
Havo namlagichdan foydalaning
Quruq havo shilliq qavatlardan suvni tortib oladi va og‘riqni oshiradi. Namlik esa tomoqning qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar sizda havo namlagich apparati bo‘lmasa, siz issiq radiatorga nam sochiqni qo‘yishingiz yoki havoni namlashning boshqa usullarini sinab ko‘rishingiz mumkin.
Zararli tutun va hidlardan uzoqroq bo‘ling
Sigaret tutuni, tozalovchi vositalar hisi yoki boshqa kimyoviy moddalar (bo‘yoq, lak, benzin) tomoqni bezovta qiladi.
Yetarlicha dam oling
Tana infeksiyaga qarshi kurashish uchun ko‘proq kuchga muhtoj, shuning uchun kasallikning dastlabki belgilarida dam olishga harakat qiling.
Tomoq og‘rig‘ini bartaraf etishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
Foto: Shutterstock
Issiq ingalyatsiyalar
Issiq havo bilan ingalyatsiya qilish qon oqimini oshiradi, shuning uchun tomoqdagi shish kuchaydi
Efir moylaridan nafas olish
Efir moylari o‘tkir allergik reaksiyaga va hatto anafilaktik shokka olib kelishi mumkin.
Juda issiq suv ichish
Issiq suyuqliklar qon oqimini oshiradi, shilliq pardani kuydiradi.
Antibiotiklarni ichish
Aksariyat hollarda tomoq og‘rig‘i o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tufayli yuzaga keladi va antibiotiklar viruslarga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun antibiotiklarni shifokor retseptisiz ichmaslik kerak.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi