21:02 / 22.10.2024
40

Ko‘z ostidagi qora dog‘lar organizmdagi qaysi vitamin yetishmovchiligidan darak beradi?

Ko‘z ostidagi qora dog‘lar organizmdagi qaysi vitamin yetishmovchiligidan darak beradi?
Foto: iStock
Ko‘z ostida qora dog‘larning hosil bo‘lishi faqat uyqusizlik, noto‘g‘ri tanlangan krem va yosh bilan bog‘liq emas. Qora dog‘lar paydo bo‘lishi organizmga ma’lum modda yetishmaganidan darak berishi mumkin. Ko‘z sohasi terisining qalinligi taxminan 0,5 millimetrga teng bo‘lganligi sababli u juda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Quyida qanday vitaminlar yetishmasligi ko‘zlar ostida qorayish paydo bo‘lishiga olib kelishini ko‘rib chiqamiz.

Temir tanqisligi

Gemoglobin yaxshi shakllanishi uchun temir moddasi zarur. Uning yetishmovchiligi mazkur qonda oqsil miqdori kamayishiga olib keladi. Natijada tomirlar to‘q ko‘k rangga ega bo‘lib, birinchi navbatda, bu anemik ko‘karish ko‘zlar yaqinidagi nozik teri ostida seziladi.

Go‘sht mahsulotlari, dukkaklilar va grechka temir zaxiralarini to‘ldirishga yordam beradi.

K vitamini tanqisligi

K vitamini qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligi tufayli mayda teri osti tomirlari nozik bo‘lib qoladi, bu esa ko‘zlar ostida ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

K vitamini manbalariga yashil bargli sabzavotlar, brokkoli va gulkaram kiradi.

C vitamini tanqisligi

Askorbin kislotasi qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. C vitaminini yetarli darajada iste’mol qilmaslik kapillyarlarning uzilishiga va ko‘zlar ostida qora dog‘ paydo bo‘lishiga olib keladi.

Sitrus mevalari, kivi va bulg‘or qalampiri C vitaminining manbai hisoblanadi.

B12 vitamini tanqisligi

B12 vitaminining yetishmasligi qon hujayralari paydo bo‘lish jarayoni buzilishiga va mikrotsirkulyatsiyaning yomonlashishiga olib keladi. Bunday holatda ko‘z ostidagi qora dog‘lar bilan birga umumiy rangparlik va charchoq ham kuzatiladi.

B12 vitamini asosan hayvonlardan olingan mahsulotlar — go‘sht, baliq, sut mahsulotlarida mavjud.

D vitamini tanqisligi

D vitamini yetishmovchiligi teri va qon tomirlarining holatiga salbiy ta’sir qiladi. Bunda teri yupqa va shaffof bo‘lib qoladi va teri ostidan qon tomirlari ko‘rinadi. D vitamini manbai quyosh nuri, yog‘li baliq va tuxum sarig‘idir.

Sink yetishmovchiligi

Sink to‘qimalarni tiklash va immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim elementdir. Uning yetishmovchiligi teri elastikligi kamayishiga va ingichka bo‘lishiga olib keladi. Bu esa ko‘z ostidagi qoralik yanada yaqqol namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Sink moddasi dengiz mahsulotlari, qovoq urug‘lari va yong‘oqlarda ko‘pdir.

Magniy yetishmovchiligi

Magniy qonning normal aylanishi va asab tizimining ishlashi uchun zarurdir. Uning tanqisligi uyqu buzilishi, charchoqning kuchayishi va ko‘z ostidagi dog‘larning shakllanishi bilan namoyon bo‘ladi.

Banan, yong‘oq va qora shokolad kabi mahsulotlar magniy tanqisligini to‘ldirishga yordam beradi.

Suvsizlanish

Teriga suyuqlik yetishmasa, u quruqlashadi va noziklashadi. Ko‘z ostida esa u odatda shaffof pergamentga aylanib, ostidagi kapillyarlarni yashira olmaydi va ko‘karishlar yuzaga keladi. Shu sababli kun davomida yetarli miqdorda toza suv ichish tavsiya etiladi.

Qon aylanishining buzilishi

Bunday buzilishlar qon harakati susayib yoki to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu birinchi navbatda ko‘zlar ostidagi nozik sohada o‘zini namoyon qiladi.

Muntazam jismoniy faollik, kontrast dush va yuz massaji qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

To‘yingan yog‘ kislotalarining yetishmasligi

Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari terining va qon tomirlarining salomatligini saqlash uchun zarurdir. Ularning tanqisligi tufayli teri nozik va zaif bo‘lib qoladi. Bunday turdagi yog‘larni baliq va yong‘oqlar, maxsus preparatlar orqali qabul qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘z ostidagi qora dog‘lar organizmdagi qaysi vitamin yetishmovchiligidan darak beradi?