17:04 / 29.10.2024
33

Energetik ichimliklar: Shifokorlar nega bu mahsulotni hayot va sog‘lik uchun xavfli deb hisoblaydi?

Energetik ichimliklar: Shifokorlar nega bu mahsulotni hayot va sog‘lik uchun xavfli deb hisoblaydi?
Bugun yoshlar o‘rtasida urf bo‘lgan energetik ichimliklar ilk bor 1960 yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik Yevropa va AQSHni “zabt etgach”, biznesmenlar bu mahsulotni ommalashtirish uchun tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalarni qo‘shishgan.

Hozir dunyoning qator davlatlarida bunday mahsulotlar sotuviga taqiqlar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda ham bu borada ma’lum qonuniy cheklovlar amalda.

Xo‘sh, shifokorlar nega bu mahsulotdan tiyilishni tavsiya qiladi?

Milliy tibbiyot markazi Qon-tomir jarrohi Ilhom Alimirzayev ma’lumotlari shu haqda.

— Energetik ichimliklar me’yordan ortiq va surunkali iste’mol qilinsa, bosh miya, markaziy nerv tizimi, bo‘g‘imlar va boshqa a’zolarga jiddiy ziyon yetadi. Tarkibidagi kofein — psixostimulyator modda. U vaqtinchalik tetiklik hissini bag‘ishlab, charchoqni aritishi, aqliy faoliyatni kuchaytirishi mumkin, ammo ma’lum bir vaqtdan so‘ng, masalan, 1 – 1,5 soat o‘tgach, inson organizmida horg‘inlik battar kuchayadi, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi va nafaqat aqliy, balki jismoniy faoliyat ham susayadi.

Bunday mahsulotlarni tez-tez iste’mol qiluvchilarda keyinchalik bo‘g‘imlarda og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi va ma’lum bir asoratlarga olib keladi. O‘smirlar va bolalar uchun hafta mobaynida kofein iste’molini 60 mg.dan oshirmaslik kerak.

Bitta energetik ichimlik tarkibida esa o‘rtacha 30 mg kofein mavjud. Energetiklar ichish 18 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlar, homilador va emizuvchi ayollar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan hamda qandli diabeti bor bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Ushbu quvvatbaxsh ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.

Masalan, 45 daqiqadan so‘ng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qo‘zg‘atadi. 70-80 daqiqadan keyin aks ta’sir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi.

Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni o‘tmaslashib, darslarni o‘zlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tug‘ilishi ayni shunday illatlarning ham asorati, desak xato bo‘lmaydi.

Shunday ekan, zararli odatlardan o‘z vaqtida voz kechish zarur! Bu aslimiz ham, naslimiz ham buzilmasligi uchun muhim choradir!

Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Energetik ichimliklar: Shifokorlar nega bu mahsulotni hayot va sog‘lik uchun xavfli deb hisoblaydi?