18:00 / 12.11.2024
46

Shamollashni davolashda keng qo‘llaniladigan zararli usullar

Shamollashni davolashda keng qo‘llaniladigan zararli usullar
Har bir ota-ona farzandi shamollaganda u yoki bu metodlarni qo‘llash orqali bolalarni qanday davolash kerakligini biladi. Taraqqiyot va ilm-fan rivojlanar ekan, bolaligimizda birga qo‘llangan barcha usullar ham aslida foydali emasligi va qisman hatto zarar keltirishi mumkinligi aniqlangan.

O‘zboshimchalik bilan respirator kasalliklarini davolashning 10 ta holatdan 9 tasida xalq tabobati usullari yordam bermaydi, balki zaif bolaning tanasini yanada nimjon qiladi. Quyida bolala sog‘lig‘i yanada yomonlashishiga olib keladigan bir nechta ommabop, ammo ilmiy jihatdan isbotlanmagan davolash usullarini ko‘rib chiqamiz.

Foto: Marie Claire
Shifokor ko‘rsatmasisiz antibiotiklar berish

O‘tkir respirator infeksiyani davolashning eng xavfli usuli — bu tibbiyot qutingizda qolib ketgan, bir vaqtlar sizga yengil bo‘lishga yordam bergan antibiotik dorilardan foydalanish. Ba’zi allergiyaga yil odamlar uchun antibiotikning bir martalik dozasi (hatto shifokor buyursa ham) xavfli reaksiya berishi, ichak mikroflorasini sezilarli darajada buzishi va tananing himoya funksiyasini zaiflashtirishi mumkin.

Bolalarda tez-tez kuchli dori-darmonlar qo‘llansa, ular ulg‘ayganda keyinchalik jiddiyroq kasallikni davolash uchun berilgan dorilar ta’sir qilmasligi mumkin.

Faqat ko‘p suyuqlik ichish orqali shamollashni tuzatish

O‘RVI yoki boshqa virusli infeksiyalarga chalingan bemor ko‘proq suv va choy ichishi lozim, albatta, Biroq bu amal bolani davolashning yagona yo‘li bo‘lib qolmasligi kerak. To‘g‘ri, suyuqlik baland harorat, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal va burun oqishida samaralidir, ammo bolaning umumiy ahvolini tez-tez tekshirib turish, shifokor ko‘rsatmasiga binoan uning holatiga mos virusga qarshi dorilarni berishni unutmaslik kerak.

Burun oqishiga qarshi aloe suvidan foydalanish

Aloe sharbati burun ichki shilliq qavatidagi shishni kamaytirishga, rinit va sinusitning nojo‘ya ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi. Biroq bu usul bolalar uchun taqiqlanadi, chunki ularning terisi juda nozik bo‘ladi va aloe sharbati burun shilliq pardalarini bundan ham kuchli yallig‘lashi va nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Foto: Marie Claire
Iste’mol sodasi yoki tuz bilan tomoqni chayqash

Bolalar tomoqni to‘g‘ri chayqashni bilishmaydi, ular ko‘pincha ota-onalariga bildirmasdan eritmaning to‘rtdan bir qismini yutib yuborishadi. Dorixonalarda yutish yuborish xavfsiz bo‘lgan chayqash uchun tayyor preparatlar sotiladi.

Agar uy sharoitida tayyorlangan tuz yoki soda aralashmasi bolaning oshqozoniga tushsa, bolada ko‘ngil aynishi, qusish yoki hatto qizilo‘ngach yo‘lining kuyishi ham kuzatilishi mumkin.

Issiq vannalar

Shamollashning har qanday turida oyoqlarni issiq suvda ushlab turish zararlidir, chunki bunda baland harorat yanada oshib ketishi va gipertermiya yuzaga kelishi mumkin. Isitmada iliq dushga tushish esa yordam beradi, bu orqali tanaga ko‘proq namlik yetib boradi, nafas yo‘llari ochiladi.

Agar baland isitmada bolaning qo‘l va oyoqlari sovuq qotsa, unda qalinroq kiyintirish, qo‘l va oyoqlarini uqalash yordam beradi, harorat 38,5 darajadan oshganda uni tushiruvchi preparatlarni berishni unutmaslik lozim. Agar yuqorida tavsiflangan usullar yordam bermasa, darhol tez yordamga murojaat qilish kerak.

Piyoz va sarimsoq

Keksa avlod vakillarining fikriga ko‘ra, sarimsoq va piyoz shamollashni davolashda eng samarali vosita hisoblanadi. Piyozni hidlash, burunga solish, sarimsoq sharbati bilan ingalyatsiya qilish bolalarda nafas yo‘llarini kuydirib yuboradi.

Sovuq narsa yeyish

Foto: Marie Claire
Muzqaymoq, yogurt va boshqa sovuq mahsulotlar haqiqatda tomoq og‘rig‘ini yengillashtiradi, shilliq pardadagi shishlarni kamaytiradi va yallig‘langan bodomsimon bezlarni tinchlantiradi. Ko‘pgina ota-onalarning xatosi shundaki, ular ushbu metodni yagona davolash usuli deb biladi va bolaga qo‘shimcha dori-darmonlarni bermaydi.

Antigistamin preparatlar

Allergiyaga qarshi dorilar bemorning ahvolini yengillashtirishga yordam berishiga qaramay, antigistaminlar shamollashdan yuzaga kelgan burun bitishini emas, balki faqat allergiya tufayli paydo bo‘lgan shishni yengillashtiradi. Shifokor tomonidan tavsiya etilmagan antigistaminlarni qo‘llash bolaning immunitetiga jiddiy zarba berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shamollashni davolashda keng qo‘llaniladigan zararli usullar