date

Barmoqni «chaqillatish» xaflimi? Shifokorlar javob berdi

Barmoqni «chaqillatish» xaflimi? Shifokorlar javob berdi

Ko‘pchilikka tanish odat – barmoqni «chaqillatish». Ayrimlar buni shunchaki huzur uchun qilsa, boshqalar bundan qo‘rqadi: go‘yo bu odat suyak va bo‘g‘imlarga zarar yetkazarmish. Ammo fizioterapevt mutaxassis Raul Valdesuso fikricha, barmoqni chaqillatish sog‘lom odam uchun mutlaqo xavfsiz, deb yozadi Peopletalk.

Xrust qaydan paydo bo‘ladi?

Shifokor Valdesuso ispaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda tushuntirishicha, «chaqillash» yoki xrust to‘g‘ridan to‘g‘ri suyak yoki bo‘g‘imlar ishqalanishi bilan bog‘liq emas. Aslida bu ovoz — bo‘g‘im kapsulasi ichidagi gaz pufakchalarining yorilishi natijasida yuzaga keladi. Ya’ni bu fiziologik, tabiiy jarayondir. Agar og‘riq yoki shish paydo bo‘lmasa — bundan xavotirga o‘rin yo‘q.

Qachon ehtiyot bo‘lish kerak?

Shu bilan birga, mutaxassis ta’kidlashicha, agar odamda avvaldan bo‘g‘imlar bilan bog‘liq kasalliklar bo‘lsa, unda bu odatni tashlash maqsadga muvofiq. Xususan:

  • agar xrust og‘riq bilan birga kuzatilsa;

  • qo‘lda shish yoki harakatda cheklanish yuzaga kelsa.

Bu belgilar bo‘g‘imdagi yallig‘lanish jarayonidan darak berishi mumkin. Bunday holda o‘zboshimchalik bilan o‘zgarish kiritish emas, balki revmatolog yoki ortopedga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ruhiy sabablar ham bormi?

Shifokorlar yana bir jihatga e’tibor qaratishadi — xrustlatish ko‘pincha ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, stress yoki xavotir holatida odamlar o‘zi bilmagan holda shunday harakatlar qilishi mumkin. Bu navbatdagi «emotsional razryad» sifatida namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun shifokorlar buni doimiy odatga aylantirmaslikni maslahat berishadi. Bunday holatlarda nafas olish mashqlari, diqqatni to‘plash (meditatsiya) yoki yengil sport bilan shug‘ullanish orqali xotirjamlikka erishish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Barmoqni «chaqillatish» xaflimi? Shifokorlar javob berdi