Yalpizli choy miyaga kuch beradi: diqqat va xotira uchun tabiiy kuch

Salomatlik1 daqiqa o'qish1.7K
Yalpizli choy miyaga kuch beradi: diqqat va xotira uchun tabiiy kuch
Sog‘lom hayotga intilayotgan insonlar orasida yalpizli choyga bo‘lgan qiziqish yanada ortayapti. Ilmiy tajribalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, yalpiz qo‘shilgan choy ichish asab signallarini kuchaytiradi va aqliy faollikni sezilarli darajada oshiradi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yalpizning foydali tarkibi qon aylanishini faollashtiradi, shuningdek, miya to‘qimalariga ko‘proq kislorod va oziq moddalarni yetkazib beradi. Bu esa aqliy faollik, diqqat va idrok uchun javob beradigan retseptorlarni kuchliroq ishlashga majbur qiladi. Kundalik turmushda tez charchash, e’tibor tarqoqligi yoki eslab qolishda qiyinchilik bo‘lsa, yalpizli choy tabiiy yordamchiga aylanishi mumkin.

Tajribalar davomida yalpizli choy ichgan ishtirokchilar xotira va diqqat bilan bog‘liq kognitiv vazifalarni ancha tez va aniq bajara olgani qayd etildi. Eng qizig‘i, yalpizli choyning ta’siri o‘sha zahotiyoq sezila boshlagan va uni muntazam iste’mol qilganlar o‘zlarida xotira va e’tibor jihatidan katta farqni sezishgan.

Bundan tashqari, yalpizli choy organizmni tinchlantirish, stressni kamaytirish va uyquni yaxshilashga ham yordam beradi. Miya faolligini oshirishga intilayotganlar, ayniqsa talabalar, ilmiy xodimlar yoki doimiy ravishda intellektual mehnat qiladiganlar uchun bu ichkilik tabiiy va xavfsiz vosita sanaladi.

Yalpizli choyning foydali xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish orqali har bir inson kundalik hayotda e’tibor va xotirani mustahkamlab, miya resurslarini maksimal darajada ishga solishi mumkin. Muxlislar va ekspertlar fikricha, yalpizli choy yangi hayot sahifalarini ochishda tabiiy va arzon yordamchi sifatida muhim o‘rin tutadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?