Germaniyaning sug‘urta sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri — Allianz o‘zining Shimoliy Amerikadagi bo‘linmasi “Allianz Life Insurance Company of North America” mijozlarining aksariyat shaxsiy ma’lumotlari kiberhujum natijasida o‘g‘irlanganini rasman e’lon qildi.
Allianz tomonidan taqdim etilgan bayonotda, 2025-yil 16-iyul kuni noma’lum kiberjinoyatchi kompaniya tomonidan foydalanilgan uchinchi tomonning bulut texnologiyasiga asoslangan CRM (mijozlar bilan ishlash tizimi) ga noqonuniy ravishda kirgani bildirildi.
“Xakerlar mijozlar, moliyaviy maslahatchilar va ayrim xodimlar haqidagi shaxsiy identifikatsiyalovchi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ularga ijtimoiy muhandislik deb ataluvchi uslub orqali nasib etdi,” — deyiladi kompaniya bayonotida.
Ijtimoiy muhandislik — bu texnologik vositalardan ko‘ra, inson psixologiyasi orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga asoslangan uslubdir. Huquqbuzarlar ko‘pincha o‘zlarini ishonchli tashkilot vakili yoki tanish inson sifatida ko‘rsatib, foydalanuvchilardan maxfiy ma’lumotlarni so‘rashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!