date

Yapon olimlari Daun sindromini davolash usulini kashf etdi

Yapon olimlari Daun sindromini davolash usulini kashf etdi

Yaponiyaning Miye universiteti olimlari genetika sohasida muhim ilmiy kashfiyotga erishishdi. Doktor Retaro Xasidzume boshchiligidagi guruh Daun sindromini keltirib chiqaradigan ortiqcha xromosomani olib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.

Olimlar zamonaviy CRISPR texnologiyasi yordamida inson genomidagi muammoli 21-xromosomani aniqlab, uni olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba o‘tkazishdi. Shu orqali hujayralardagi normal faoliyat tiklana boshladi va asab to‘qimalarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Mutaxassislar bu jarayonni miya faoliyati yaxshilanishi bilan bog‘lashmoqda.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, ushbu yutuq — nafaqat genetika sohasi, balki nevrologiya va ixtisoslashgan tibbiyot uchun ham katta qadamdir. Bu davo shakli muammoning tub sababiga — ortiqcha xromosomaga bevosita ta’sir ko‘rsata oladi.

Shu bilan birga, mutaxassislar bu usul hali to‘liq o‘rganilmaganini, shu bois u amaliyotda qo‘llanishga tayyor emasligini alohida ta’kidlashmoqda. Asosiy xavf — genom tahriri vaqtida boshqa, sog‘lom xromosomalarga tasodifiy shikast yetkazish ehtimoli.

Ya’ni bugungi kunda texnologiya katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lsa-da, uni insonda qo‘llashdan avval yana ko‘plab tekshiruvlar, xavfsizlik sinovlari talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yapon olimlari Daun sindromini davolash usulini kashf etdi