Milliy tibbiyot markazining nevrologiya bo‘limi shifokori, nevropatolog Aleksey Beloborodov bilan suhbatimiz shu mavzuda bo‘ldi.
“Jizzaki bo‘lib qoldim”, “Kechlari uyqum kelmaydi”, “Tez-tez boshim aylanyapti”, “Negadir parishonxotirman”, “Holsizlanib qolyapman” degan shikoyatlar aslida shunday kasalliklar turi — nevrasteniya belgilari bo‘lishi mumkin.
— Nevrasteniya asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi, — deydi shifokor. — Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi ham bu xastalik rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Doimiy hissiy zo‘riqish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, davomli qo‘rquv va xavotir ham bu dardni paydo qilishi mumkin.
Mazkur kasallik bolalarda ham uchraydi. Buning ildizi oilaviy muhit, ota-ona, yaqinlar o‘rtasidagi janjallar, kichik yoshda olingan turli ruhiy jarohatlarga borib taqaladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va og‘ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar sirasidan.
Dastlab bemor ta’sirchan, serzarda, bezovta, keyinchalik horg‘in, tushkun bo‘lib qoladi. Bora-bora betoqatlik kuchayib, ruhiy va jismoniy toliqish, diqqat va xotiraning pasayishi kuzatiladi.
Tez-tez bosh og‘rib turishi ham nevrasteniyaga xos alomatlardir. Kunduzi uyqu bosadi, tunda esa sal shovqinga ham uyg‘onib ketish, bedorlik holatlari takrorlanadi. Hatto bemor uyqudan turganida ham kuchli horg‘inlikni his qiladi.
Qolaversa, ishtaha yo‘qolishi, og‘iz qurishi, kekirish, ko‘ngil aynishi, ich dam bo‘lishi, qabziyat, ko‘p terlash, tomir urishi va arterial bosimning o‘zgaruvchanligi, ko‘z qovoqlari va barmoqlar titrab turishi, pay reflekslari kuchayishi ham bu xastalikning simptomlaridir.
Nevrasteniyani davolashda uni keltirib chiqargan sabablar aniqlanib, bemorga ko‘pincha jismoniy va madaniy hordiq chiqarish, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish tavsiya etiladi. Dori-darmonlarni tanlashga esa individual yondashiladi.
Bu jarayonda turli trankvilizatorlar, sedativ dorilar va psixostimulyatorlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ammo sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi bois ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va jismoniy faollik ham muolaja jarayonida qo‘l keladi.
Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi