date

Real Konate transferidan voz kechdi

Real Konate transferidan voz kechdi
Madridning "Real" klubi "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konateni o'z safiga qo'shishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" hozirda fransuz futbolchisini sotib olishdan manfaatdor emasligini bildirgan. 26 yoshli markaziy himoyachi joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka olgan.

Konate 2021-yil yozidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Futbolchining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Konate transferidan voz kechdi