
Dunyo bo‘ylab 40 mamlakatdan ishtirok etgan xalqaro olimlar guruhi inson qanchalik tez qarishiga nafaqat salomatlik va turmush tarzi, balki atrof-muhit sharoiti va ijtimoiy tengsizlik darajasi ham jiddiy ta’sir qilishini aniqladi, deb Nature Aging nashri xabar berdi.
161 981 nafar inson ishtirok etgan katta ko‘lamli tadqiqot doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari orqali insonning biologik xulq-atvor yoshi hisoblab chiqildi. Bu ko‘rsatkich insonning haqiqiy yoshi bilan uning salomatlik holati, xotirasi, ta’lim darajasi, qon bosimi va xolesterin miqdori kabi omillar orasidagi bog‘liqlik asosida aniqlandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havosi iflos, demokratiyasi zaif, ijtimoiy tengsizlik yuqori bo‘lgan mamlakatlarda insonlar tezroq qarir ekan. Ularda kognitiv qobiliyatlar, ya’ni fikrlash, xotira va kundalik faollik imkoniyatlari tez yo‘qolib borishi kuzatilgan.
Eng yaxshi ko‘rsatkichlar Yevropaning rivojlangan davlatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng yomon natijalar Misr va Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda kuzatilgan. Hatto Yevropada ham sharqiy va janubiy hududlarda aholi tezroq qarishi aniqlangan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, insonning qarishi faqat shaxsiy xususiyat emas, balki u yashaydigan muhit, atrof-muhitning tozaligi, jamiyatdagi tenglik va siyosiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq. Qarishni sekinlashtirish uchun havo ifloslanishiga qarshi kurashish, tengsizlikni kamaytirish va demokratik institutlarni mustahkamlash kerak “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar