Barchamizga ma’lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni yetkazib bering.
1. A vitamini. Terining quruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining kasallanishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori yetishmayotganining alomatlari hisoblanadi.
2. B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta’sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo‘l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.
3. B2 vitamini. Stomatit va og‘iz chetlarida yorilishlar, kon’yuktivit, ko‘zdan suv (yosh) oqishi va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, ko‘z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug‘likdan qo‘rqish kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik.
4. B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoq, doimiy bosh og‘riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.
5. B6 vitamini. Bemajollik, to‘satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og‘riqlar, dermatit.
6. B12 vitamini. Kamqonlik, soch to‘kilishi, gastrit.
7. S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.
8. Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to‘qimalaridagi muammolar.
9. D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o‘zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho‘chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.
10. Vitamin Ye. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og‘riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo‘lishi, qadam tashlashning o‘zgarishi, pigment dog‘lar paydo bo‘lishi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi