Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida kun birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu me’yordan 3-5 darajaga yuqori.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 23-24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizi janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23 noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24 noyabrda janubiy tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat foni 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
25-26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25 noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26 noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 26 noyabrga borib esa kunduz kunlari me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda