Iyun oyida osmonda noyob hodisa ro‘y berishi mumkin

1 daqiqa o'qish316
Iyun oyida osmonda noyob hodisa ro‘y berishi mumkin

Yer aholisi astronomical event doirasida 2026 yil 12 iyun kuni noyob manzaraga guvoh bo‘lishi mumkin. Astronomlar ma’lum qilishicha, shu kunda Merkuriy, Venera va Yupiter “kichik parad” hosil qilib, ekliptika chizig‘i bo‘ylab bir-biriga yaqin holatda saflanadi.

Quyosh botganidan so‘ng ushbu sayyoralar osmonda yaqqol ko‘rinib, bir necha soat davomida oddiy ko‘z bilan kuzatish imkonini beradi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu astronomik hodisa Yer uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lib, faqat go‘zal osmon manzarasi sifatida baholanadi.

Qayd etilishicha, sayyoralar paradi faqat bir kun bilan cheklanib qolmaydi — ularni boshqa sana va vaqtlarda ham kuzatish mumkin.

Kelgusi oylarda ham qator qiziqarli osmoniy hodisalar kutilmoqda. Xususan, 2026 yil 12 avgust kuni “katta tonggi parad” kuzatiladi. Bu paytda Quyosh tizimidagi oltita sayyora — Yupiter, Merkuriy, Mars, Uran, Saturn va Neptun bir-biriga yaqin joylashadi. Ochiq havoda bu voqea haqiqiy parad taassurotini beradi.

Shuningdek, 2026 yil 14 noyabr kuni “kichik tonggi parad” ham kuzatiladi. Tong otishidan oldingi payt eng qulay vaqt hisoblanadi. Unda Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter bir chiziq bo‘lib joylashib, osmon kuzatuvchilari uchun yana bir e’tiborli astronomik hodisa namoyon qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?