Linux Ubuntu dasturini etkazib berishga ixtisoslashgan Canonical kompaniyasi AQSh va Evropa mamlakatlarida Dell XPS 13 modelidagi ultrabuk savdolari boshlangani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur ultrabuk Ubuntu 16.04 LTS operasion tizimida ishlaydi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Dell XPS 13 modeliga ettinchi avlod Intel Core (Kaby Lake arxitekturasida) prosessori o‘rnatilgan bo‘lib, avtonom ishlash samaradorligi bir necha barobarga oshgan. Bundan tashqari, ultrabukning “pushti tilla” rangli varianti ham tayyorlangan, qurilma Thunderbolt 3 porti va takomillashgan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.
Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatilgan ultrabuk versiyasida avtonom ishlash vaqti 22 soatga etadi, QHD variantida esa bu ko‘rsatkich 13 soatni tashkil qiladi.
Modelning Full HD displeyli, Intel Core i5 prosessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB SSD xotira o‘rnatilgan versiyasi 949,99 dollar narxida hozircha AQSh va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi