Sony kompaniyasi shu yilning 18 oktyabr kuni Sony Xperia Ear nomli aqlli garniturani sotuvga chiqaradi, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Sony Xperia Ear personal yordamchi funksiyasini bajaradigan kichkina garnitura hisoblanadi. U ovozli buyruqlarni aniqlab, smartfon bilan bog‘lanadi va foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Garnitura Sony Agent texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, unga yaqinlik sensori o‘rnatilgan. Misol uchun, garnitura o‘z egasini joriy ishlardan chalg‘itmagan holda, rejalashtirilgan hodisa va topshiriqlarni eslatib turishi mumkin.
Gadjet 29,5 x 15,2 x 25,2 mm o‘lchamga ega bo‘lib, bor-yo‘g‘i 6 gramm yuk bosadi. U og‘irligi 31 gramm bo‘lgan zaryadlash qurilmasidan quvvatlanadi. Sony Xperia Ear NFC va Bluetooth modullarini qo‘llab-quvvatlaydi, IPX2 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Narxi – 194 dollar atrofida bo‘lishi haqida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi