HTC ham Apple’ning izidan borib, o‘z telefonlaridan 3,5 millimetrli audio-slotni olib tashlashni rejalashtirgan ko‘rinadi. Har holda shu kunlarda internet tarmog‘ida tarqalgan yangi HTC Bolt smartfonining tasvirlariga qarab xuddi shunday fikrga borish mumkin.
Phonearena saytida keltirilgan xabarga ko‘ra, hali rasman taqdim etilmagan metall korpusli HTC Bolt modelining suratlari Venture Beat resursida Acadia nomi ostida paydo bo‘lgan.
Yangi smartfon tashqi tomondan HTC 10 modelidan unchalik katta farq qilmaydi. HTC Bolt 2,5D-oyna bilan qoplangan 5,5 dyuymli ekran, yirik sensorli kamera, barmoq izi skaneri o‘rnatilgan Home tugmasiga ega bo‘ladi.
HTC Bolt Android 7.0 Nougat versiyasida ishlashi kutilmoqda, unga 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, audio sifatini kuchaytiradigan HTC BoomSound profili ham istisno qilinmagan. Qurilma USB Type-C porti bilan jihozlanadi.
Hozircha yangi modelning taqdimot sanasi haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Biroq renderlarga qarab xulosa qiladigan bo‘lsak, smartfon namoyishiga uzoq vaqt qolmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi