Ma’lumki, Nilufar Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda juda faol sanaladi. U bu tarmoqlardan shunchaki foydalanibgina qolmay, muxlislari bilan muloqotlar, turli tanlovlar o‘tkazib boradi. 2015 yil avgust oyida xonanda Twitter.com ijtimoiy tarmog‘i orqali she’riyat bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov shartiga ko‘ra, uning kuzatuvchilari, xonandaga o‘z bitiklarini taqdim etishlari kerak edi.
Tanlov doirasida bir muxlis, Koreyada mehnat qilayotgan insonning o‘z qiziga atab yozgan she’rini yuboradi. Omadni qarangki, mana shu she’r Nilufar Usmonovaning e’tiborini tortadi va u mazkur tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng xonanda g‘olib bilan bog‘lanib, shu she’rni qo‘shiq qilib ijro qilish niyatida ekanini va muallifning ruxsati kerakligi aytadi. Muallif ham bu taklifdan boshi ko‘kka etib, rozi bo‘ladi. Xonanda darhol ishga kirishib, 2015 yilning o‘zidayoq qo‘shiqni yaratadi. Biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra taronani omma uchun 2017 yilning boshida taqdim etishni rejalashtirishadi. Vaqti-soati bilan qishning so‘nggi kunlarida, bahor fasli arafasida mazkur qo‘shiq premera qilinmoqda.
“Bu she’rni birinchi marta o‘qiganimda ko‘z o‘ngimda o‘zim gavdalanganman. Ya’ni 1-3 yoshli Nilufar dadasi bilan bog‘lana olmasdi. Buvim va ayamning aytishlaricha, dadamni juda ham yaxshi ko‘rganman. Hattoki, sog‘inib kasal bo‘lib qolganman. Shu she’rni o‘qib, o‘zimni, dadamni tasavvur qilganman. Shuning uchun ham darhol qo‘shiq qilib kuylashga kirishganman. Bugungi kunda, to‘rtinchi bora ona bo‘lish arafasida ushbu ijod mahsulimni xalqimizga namoyish qiladigan kun ekan, o‘ylaymanki, qo‘shiq barchaga manzur keladi. Taronani har bir ota tinglaganda, o‘zini nomidan qizalog‘iga ijro qilgandek, mehri-muhabbati oshadi. Sog‘inchi yanada ortadi ” – deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotiga qo‘shimcha qilib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiq uchun videoklip tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan. Klip Sarvar Isaev va Rustam Murodov bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Matn muallifi Navzod Hamro. Mazkur she’rni Jasur Abdurahmonov kuyga solib, sayqallagan.
Manba:Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi?
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda