Suriyada Bashar Asad surati chop etilgan banknotalar chiqarildi

  • 03 iyul 2017, 08:58
  • 3 995
  • Dunyo
  • Suriyada Bashar Asad surati chop etilgan banknotalar chiqarildi
    Suriyada mamlakat prezidenti Bashar Asad surati tushirilgan ilk banknotalar muomalaga chiqarildi. Asadning surati yangi 2 ming Suriya funtida (10 dollar) paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

    2 ming funtlik banknota Suriyadagi eng yirik pul birligiga aylandi. Bungacha eng yirik banknota ming funtlik banknota bo‘lgan.

    Asad surati tushirilgan banknotalar muomalaga 2 iyulda chiqarildi. Suriya markaziy bankida ta’kidlanishicha, bu kupyuralar ancha avvalroq bosib qo‘yilgan, biroq urush va valyuta kurslaridagi tebranishlar sababli muomalaga kiritilmay kelingan.

    » » Suriyada Bashar Asad surati chop etilgan banknotalar chiqarildi