date

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet maʼlumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz, barqaror ob-havo kuzatiladi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar va momaqaldiroqlar ehtimoli ham saqlanib qoladi.

Juma kuni Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qolgan hududlarda esa quruq havo ustuvor bo‘ladi. Harorat kun davomida +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim qismlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ham baʼzi joylarda yog‘ingarchilik qayd etiladi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Yakshanba kunduzi ko‘pchilik hududlarda +20…+25 daraja, janubiy viloyatlarda esa +26…+28 darajagacha issiqlik kuzatiladi.

19 aprelda respublika shimoli-g‘arbiy hududlarida shamol kuchayib, tezligi 15–20 m/s gacha yetishi mumkin. Bu paytda chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli ham mavjud.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda 17–19 aprel kunlari vaqt-vaqti bilan yomg‘ir, baland tog‘larda esa yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shu bois sel va suv toshqinlari xavfi saqlanib qoladi.

Toshkent shahrida dam olish kunlari qisman bulutli va baʼzan yomg‘irli bo‘lishi mumkin. Harorat juma kuni +14…+16, shanba +19…+21, yakshanba esa +21…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?