Interpol Ravshan Muhitdinovni qidiruvga chiqardi

Interpol Ravshan Muhitdinovni qidiruvga chiqardi
Qisqacha

O‘zbekiston hukumati 37 yoshli Ravshan Muhitdinovni xalqaro qidiruvga berdi va u Interpolning «qizil bildirishnoma»lar ro‘yxatiga kiritildi. U mulkni qasddan yo‘q qilish, uyushgan qurolli guruh tuzish hamda bezorilik kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhitdinov hozirda Turkiyada yashab, tadbirkorlik va jamiyat faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu xalqaro qidiruv uni qo‘lga olish va ekstraditsiya qilish uchun asos bo‘ladi.

O‘zbekiston hukumati 37 yoshli Ravshan Muhitdinovni xalqaro qidiruvga berdi. Uning nomi Interpolning «qizil bildirishnoma»lar ro‘yxatida rasman eʼlon qilingan.

Maʼlum qilinishicha, u bir nechta jinoiy moddalar bo‘yicha ayblanmoqda: Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (mulkni qasddan yo‘q qilish yoki zarar yetkazish), 242-moddasi 2-qismi (uyushgan qurolli guruh tuzish yoki unda ishtirok etish), hamda 277-moddasi 3-qismi (bezorilik).

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Muhitdinov hozirda Turkiyada yashab kelmoqda va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Shu bilan birga, u Istanbulda ro‘yxatdan o‘tgan “Dünya Engelliler Vakfı” (Butunjahon nogironligi bo‘lgan insonlar fondi) tashkilotida moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezident sifatida faoliyat yuritgani aytilmoqda.

«Qizil bildirishnoma» xalqaro darajada qidiruv eʼlon qilingan shaxsning joylashuvini aniqlash va uni qo‘lga olish uchun asos bo‘ladi. Bunday holatda ekstraditsiya yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa huquqiy choralar qo‘llanilishi mumkin.

Interpol ushbu xabarnomani aʼzo davlatlarning rasmiy so‘rovi asosida eʼlon qiladi va u sud organlari tomonidan chiqarilgan hibs orderi yoki qarorga tayanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar