date

Rossiya Dumasi Putinga o‘zi xohlagan davlatga hujum qilishiga ruxsat bermoqda

Rossiya Dumasi Putinga o‘zi xohlagan davlatga hujum qilishiga ruxsat bermoqda

Rossiya Davlat Dumasi Rossiya Federatsiyasida prezident vakolatlarini kengaytirishga doir yangi qonun loyihasini birinchi o‘qishda maʼqulladi. Hujjat atrofidagi muhokamalar siyosiy doiralarda katta eʼtiborga sabab bo‘lmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, prezidentga Rossiya fuqarolariga nisbatan “tazyiq o‘tkazilayotgan” deb baholangan davlatlarga nisbatan qo‘shin kiritish va tegishli choralar ko‘rish vakolatini berish taklif etilmoqda.

Tushuntirish xatida qayd etilishicha, bunday choralar Rossiya fuqarolarini xorijiy davlatlar tomonidan sud qarorlari asosida hibsga olish, ushlab turish yoki boshqa turdagi jinoiy taʼqiblarga duch kelgan holatlarda himoya qilish maqsadida ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Interfax axborot agentligi xabar berdi. Hujjatda, shuningdek, bunday vaziyatlarda Rossiya fuqarolari va tashkilotlarini himoya qilish davlatning ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlanmoqda.

Andrey Kartapolov, Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi raisi sifatida, qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan holda, taklif etilayotgan meʼyorlar Rossiya fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishini bildirgan. Uning aytishicha, tashqi muhitda kuzatilayotgan bosim va rusofobiyaga qarshi kurashda bu kabi choralar muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Amaldagi “Xavfsizlik to‘g‘risida”gi federal qonunga muvofiq, prezident xorijiy yoki xalqaro tuzilmalar Rossiya manfaatlariga zid qaror qabul qilgan holatlarda mamlakat va fuqarolarni himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishi mumkin.

Hozircha ushbu qonun loyihasi muhokama bosqichida bo‘lib, keyingi o‘qishlarda yana-da kengroq ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Dumasi Putinga o‘zi xohlagan davlatga hujum qilishiga ruxsat bermoqda