Eron Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni qatʼiy ogohlantiruv bilan chiqdi

Eron Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni mamlakat hududiga har qanday bosqinchi kirib kelishga nisbatan qat'iy ogohlantirish berdi. Eron rasmiylari Isfahon viloyati janubida AQShning kirib kelish urinishi bartaraf etilganini va javob hujumi natijasida raqib chekinishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. To‘qnashuv oqibatida Eron tomonida, jumladan, general Masud Zarey ham kirayuvchi to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hozircha AQSh tomonidan ushbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmagan.
Eron armiyasining rasmiy vakili mamlakat hududiga har qanday ehtimoliy quruqlikdan kirib kelish harakatiga nisbatan keskin va qatʼiy bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Amir Xotamiy tomonidan berilgan ko‘rsatmalar asosida bunday holatda hujum qilgan tomonga nisbatan qattiq choralar ko‘riladi hamda «birorta ham bosqinchi tirik qoldirilmaydi» degan pozitsiya bildirilgan.
Bayonotda shuningdek, Isfahon viloyatining janubiy qismida AQSH tomonidan ehtimoliy kirib kelish urinishi amalga oshirilgani haqida ham iddao keltirilgan. Eron harbiylari ushbu harakat o‘z vaqtida bartaraf etilganini maʼlum qilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan operatsiya davomida Eron tomoni qarshi hujum bilan javob bergan va bu AQSH harbiy kuchlarining chekinishiga sabab bo‘lgan. Shu jumladan, C-130 turidagi harbiy samolyot nishonga olingani haqida ham maʼlumotlar tarqalgan.
Hodisa oqibatida Eron tomonidan 4 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani aytilmoqda. Ular orasida general, havo mudofaasi mutaxassisi hamda harbiy o‘quv yurti qo‘mondoni Masʼud Zarey ham borligi qayd etildi.
Eron rasmiylari halok bo‘lgan harbiylarni “shahidlar” sifatida eʼtirof etib, ularning jasorati va xizmatini alohida taʼkidlagan.
Hozircha ushbu voqea yuzasidan AQSH tomonidan rasmiy bayonot berilgani haqida maʼlumot yo‘q.
Tahlilchilar fikricha, bunday keskin bayonotlar mintaqadagi vaziyatni yana-da keskinlashtirib, keng ko‘lamli to‘qnashuv ehtimolini oshirishi mumkin.






























Izohlar 0
…