date

Rolls-Royce kompaniyasi yangi modeldagi ikki o'rinli eletromobilini namoyish qildi

Rolls-Royce kompaniyasi yangi modeldagi ikki o'rinli eletromobilini namoyish qildi

Hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi ikki o‘rinli yangi elektr kabriolet modelini taqdim etdi.

BMW konserniga qarashli brend ushbu avtomobilni Buyuk Britaniyaning Gudvud shahrida joylashgan zavodda qo‘lda yig‘adi. “Project Nightingale” deb nomlangan model 2028 yildan boshlab mijozlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami 100 dona ishlab chiqariladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, elektromobil to‘liq elektr dvigatelda harakatlanadi va shu sababli deyarli shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi.

Avvalroq Rolls-Royce 2030 yildan faqat elektromobillarga o‘tish rejasini qayta ko‘rib chiqqan va kelgusida benzinli dvigatelli avtomobillarni ham ishlab chiqarishni davom ettirishini bildirgan edi.

“Project Nightingale” uzunligi 5,76 metrni tashkil etadi va o‘lchami jihatidan Phantom modeliga yaqin. Avtomobil dizaynida uzun kapot va “torpedasimon” shakl asosiy o‘rin tutadi.

Dizayn konsepsiyasi 1920 yillardagi EX seriyasi tajriba avtomobillari hamda art-deko uslubidan ilhomlangan.

Rolls-Royce Motor Cars bosh direktori Kris Braunrijning ta’kidlashicha, yangi loyiha brend mijozlarining eng yuqori darajadagi talablariga javob sifatida yaratilgan.

Kompaniya avtomobil narxini oshkor qilmagan, biroq u juda yuqori qiymatli eksklyuziv segmentga mansub bo‘lishi, ya’ni 500 mingdan 20 million funtgacha bo‘lgan bozor oralig‘ida joylashishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rolls-Royce kompaniyasi yangi modeldagi ikki o'rinli eletromobilini namoyish qildi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari