Makkaga kirish qoidalari 2026 yilda qattiqlashtirildi

1 daqiqa o'qish1.5K
Makkaga kirish qoidalari 2026 yilda qattiqlashtirildi

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 1447 hijriy yil, yaʼni 2026 yil haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida Makka shahriga kirish va umra ibodatlarini bajarish tartiblarini yangiladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, 2026 yil 13 apreldan boshlab Makkaga kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi. Ushbu hujjati bo‘lmagan shaxslar shahar hududiga kiritilmaydi.

Ayrim toifalar uchun yengilliklar saqlab qolingan. Jumladan, Makkada rasmiy yashash ruxsatnomasiga ega fuqarolar, haj vizasi bilan kelgan ziyoratchilar hamda muqaddas hududlarda ishlash uchun elektron ruxsatnoma olgan shaxslarga cheklovlar tatbiq etilmaydi.

Umra vizasi bilan kelgan ziyoratchilar uchun mamlakatni tark etishning yakuniy muddati 2026 yil 18 aprel etib belgilandi. Shu sanadan keyin umra ruxsatnomalarini berish vaqtincha to‘xtatiladi va bu cheklov 31 maygacha davom etadi.

Bundan tashqari, 18 apreldan keyin haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha xorijiy fuqarolarning Makkaga kirishi va shaharda bo‘lishi qatʼiy taqiqlanadi.

Vazirlik taʼkidlashicha, ushbu qoidalar haj mavsumini xavfsiz, tartibli va uyushqoq o‘tkazish uchun joriy etilgan bo‘lib, ularga rioya qilmaganlarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘riladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?