Dilfuza Ismoilova burniga taqilgan brilliant bilan bog‘liq noxush holatni esladi

Dilfuza Ismoilova burniga taqilgan brilliant bilan bog‘liq noxush holatni esladi
Qisqacha

Xonanda Dilfuza Ismoilova AQShga safari davomida burniga olmos taqinchoq qo‘ydirgani haqidagi noxush xotirasini bo‘lishdi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan taqinchoq sababli burnida kuchli yallig‘lanish boshlangan. Natijada, u tibbiy yordamga murojaat qilib, olmosni olib tashlatishga majbur bo‘lgan. San’atkor ushbu og‘riqli vaziyatdan qattiq iztirob chekkanini ta’kidladi.

Xonanda Dilfuza Ismoilova tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan kutilmagan va noxush tajriba haqida intervyuda so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, Amerikaga safar qilganida u yerda bir ayolning burniga taqilgan chiroyli brilliant e’tiborini tortgan va shu sababli o‘zi ham shunday taqinchoq taqib ko‘rishga qaror qilgan.

“Keyin menga kattaroq karatdagi brilliant sovg‘a qilishdi. Men ham burnimga qo‘ydirdim,” deydi xonanda.

Biroq oradan vaqt o‘tib, taqinchoq sabab burnida yallig‘lanish boshlanib, holat og‘irlashgan. Dilfuza Ismoilova eski TashMIga murojaat qilib, brilliantni olib tashlatishga majbur bo‘lganini aytdi.

U o‘sha paytdagi og‘riqli vaziyatni eslab, oynaga qarab qaramay turib o'sha brilliantni oynadan otib yuborgan va o‘z holatidan iztirob chekkanini ham qo‘shimcha qildi.

“Jonim og‘rigani uchun Allohdan kechirim so‘raganman,” deydi u.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar