13:05 / 12.03.2017
6 933

Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar

Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar

Agar hali ham qish uyqusidan uyg‘onmagan bo‘lsangiz, bu maqola siz uchun.

Yangi yil va’dalarini eslang

Yangi yil boshlanishida berilgan va’dalarni bajarish vaqti keldi. Agar siz yangi yilda bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzmagan bo‘lsangiz yoki bu ro‘yxat sizga yoqmay qolgan bo‘lsa, u holda uni yangidan tuzish va bajarishni boshlashga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi.

Sabzavotlarni bozordan sotib oling

Bozorda sabzavotlar va mevalar supermarketlarga qaraganda bir muncha arzonroq, shirinroq va foydaliroqdir. Rozmarin, petrushka va yalpizlarni esa derazatokchada o‘zingiz ham o‘stirishingiz mumkin.

Ta’tilni rejalashtiring

Yozgacha hali uch oy bo‘lishiga qaramasdan yozgi ta’tilda qaerga borishni rejalashtiring. Balki yo‘l chiptalarini ham oldindan arzonroq narxlarda sotib olish ham mumkindir.

Garderobingizni ko‘rib chiqing

Qishki kiyimlarni yengilrog‘iga almashtirish vaqti keldi. Puxovik va sviterlaringizni kimyoviy tozalashga topshiring, keyin esa ularni paketlarga o‘rab shkaflarga joylashtiring. Etik va issiq poyafzallarni tartib bilan yig‘ishtiring, qo‘lqop va shapkalarni kuzda olishga oson qilib o‘rang va joylashtiring. Kiyim shkafidagi keraksiz buyumlarni birorta nochor kishiga bersangiz ham bo‘ladi.

Kvartira ko‘rinishini yangilang

Jiddiy o‘zgarish kiritish yoki yangi parda sotib olish shart emas: divan yostiqlari joyini o‘zgartiring, ramkadagi fotosuratlarni yangisiga almashtiring va nihoyat, archani yig‘ishtirib oling. Jurnal stolchasi ustidagi lolalar bahoriy kayfiyat yaratadi, yig‘ishtirish jarayoni esa harakatlanish imkonini beradi va muammolardan chalg‘itishga yordam beradi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar