18:56 / 22.03.2017
8 011

Tabiiy go‘zallikni va yoshlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

Bugungi kunda go‘zallik – bu benuqson yuz yoki kelishgan qomat degani emas. Gap ayollarga tabiat tomonidan ato etilgan tabiiy go‘zallik to‘g‘risida ketyapti. Bizning maqolamizni o‘qib bu go‘zallikni qanday qilib saqlab qolish va yosh ko‘rinish haqida bilib olasiz.
Tabiiy go‘zallikni va yoshlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?
O‘zingizdek bo‘ling

Agar o‘zingizdan qoniqib yashasangiz, har qanday vaziyatda ham xotirjam va baxtli bo‘lasiz, odamlar sizga havas qilishadi. O‘zingizga ishoning va sodiq bo‘ling. Shaxsiyatingiz ustida ishlang va bu sizning tabiiy yoqimliligingizni oshiradi.

Aql bilan eng

Teringiz holati qanday ovqatlanishingizga bog‘liq. Teringiz sog‘lom barq urishi va hayotiy kuchga to‘lishi uchun kerak bo‘ladigan barcha foydali moddalar bilan uni «parvarishlang».

Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajaring

Tanangiz mushaklarini tonusda tutib turish uchun hatto bir haftada uch marta yarim soatdan sayr qilish ham etarli bo‘ladi. Mashqlar bajarish esa tanani taranglashtirishga, uning elastikligini oshirishga yordam beradi.

Sochlaringizni parvarishlang

Sochlaringiz siz g‘ururlanadigan asosiy predmetga aylanishi kerak. To‘g‘ri parvarishlash ularning yumshoq, egiluvchan va yaltiroqligini ta’minlaydi.

Yurishingizga e’tibor bering

Tanangizdagi oddiy o‘zgarish qiyofangizni yaxshilaydi, bundan tashqari beldagi og‘riqni va zo‘riqishni yo‘qotadi.

Manba: «Daryo»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tabiiy go‘zallikni va yoshlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?