Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

  • 30 dekabr 2018, 09:48
  • 3 746
  • Hayot tarzi
  • Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
    ILON: Tushda ilon ko‘rish yorug‘lik belgisi. Ilon chaqsa, qandaydir ko‘ngilsizlikka uchraysiz. Ilon o‘ynatsangiz, qo‘lingizga qo‘shimcha daromad tushadi.
    GO‘ShT: Tushda go‘sht ko‘rish ko‘ngilsizlikdan darak beradi. Qaysidir qarindoshingiz kasalga chalinishi mumkin. Go‘shtni ushlab turish, sotib olish, umuman qo‘lga olish xastalik alomatidir. Go‘sht yeyish ham jiddiy ko‘ngilsizlikka yaqinligini anglatadi.
    VANNA: Uylanmagan yoki turmushga chiqmagan yigit-qizlar tushida vanna qabul qilsa, xavotir va hayajonli lahzalarni boshdan kechirishi mumkin. Homilador ayol vanna qabul qilsa, ko‘ngilsizlik, baxtsiz tasodifga yo‘liqishi mumkin. Agar ko‘pchilik bo‘lib vanna qabul qilsangiz, yo‘lingizga hasadgo‘y va ko‘ngli qoralar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin.
    VELOSIPED: Baland cho‘qqiga velosipedda ko‘tarilish martabangiz yuqorilashidan darak beradi. Ayol kishi tushida velosipedda balanddan pastga qarab tushsa, ko‘ngilsizlikka uchrashi mumkin. Salomatligi haqida jiddiy qayg‘urishi lozim bo‘ladi. Basharti to‘g‘ri va tekis yo‘lda velosiped haydab ketayotgan bo‘lsangiz, ishlaringiz baroridan keladi.
    GILOS: Tushda gilos ko‘rsangiz, yangi do‘stlar orttirasiz, mavjud do‘stlar, tanishlar orasida hurmatingiz oshadi. Gilos yesangiz, qimmatbaho bir buyumga egalik qilishingiz kutiladi. Yashil gilos ko‘rsangiz, bilingki, omad siz tarafga yaqinlashib kelmoqda.
    QARG‘A: Tushda qarg‘ani ko‘rish tashvish keltiradi. Qarg‘aning qag‘illashini eshitsangiz, kimlardir kayfiyatingizni buzishi mumkin. Uylanmagan yigitlar tushida qarg‘a ko‘rsa, qaysidir qiz aldab ketishidan darakdir.
    O‘G‘RI: Tushingizda o‘g‘ri bo‘lsangiz-u, militsionerlar ortingizdan quvlasa, ko‘ngilsizlikka uchrashingiz mumkin. Agar o‘zingiz o‘g‘rini quvib tutib olsangiz, dushmanlaringizdan birini har jabhada yengib chiqasiz. Agar tunda o‘g‘rilar ortingizdan quvlasa, dushmanlaringiz bilan munosabatlaringiz yanada yomonlashadi.
    BIT: Tushda bit ko‘rish qayg‘u va tashvishdan darak. Ustingizda bit o‘rmalab ketayotgan bo‘lsa, kutilmagan boylikka erishasiz. Bitni tutib olib qo‘lingizda ushlab tursangiz, bu ham davlat kelishidan darak beradi.
    OLMOS: Tushingizda qimmatbaho toshlar podshosi hisoblanmish olmos ko‘rsangiz, bilingki, sizni oldinda katta-kichik ko‘ngilsizliklar kutmoqda. O‘ylab qo‘ygan muhim rejangizni amalga oshira olmaysiz.
    MARHUM BOBO, MOMO, QONDOShLAR: Agar tushingizda olamdan o‘tgan yaqinlaringizdan birini uzoqdan ko‘rsangiz, siz hayotingizda yana bir muvaffaqiyatga yaqin turibsiz. Marhum yo marhuma bilan quchoq ochib ko‘rishsangiz, yaqin qarindoshlardan biri bilan yuz ko‘rishasiz. Agar marhum bobo yoki momongiz ko‘pchilik qariyalar qurshovida sizni duo qilsa, ishlasangiz, ishda, o‘qisangiz o‘qishda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatga erishasiz, Ollohning mo‘’jizalaridan birini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lasiz.
    QAShShOQ: Tushda o‘zingizni o‘ta qashshoq holda, juldur kiyimlarda ko‘rsangiz, ko‘ngilsizlik eshik qoqish arafasida deb biling va ertasi kuni albatta gadoyga sadaqa bering. Agar qashshoq odamlarni ko‘rsangiz, har jabhada omadga erishasiz.
    OT: Tushda ot minish obro‘, martaba ortishidan darak. Ot bosib ketsa, dardlaringiz ariydi.
    MUShUK: Tushda mushukni erkalasangiz, juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Mushuk tirmalashi baxtsizlikdan dalolat beradi.
    PUL: Tushda pul olish qaysidir tanishlar bilan suhbatdan darak beradi. Birovga pul berish o‘zingiz boshqa bir odam haqida kimlargadir gapirib berishingiz kutiladi.
    LOY: Tushda loy, balchiq ko‘rsangiz, dushmanlaringiz yana oyog‘ingizga bolta urish payiga tushgan bo‘ladi. Loyga botsangiz, malomatga qolishingiz mumkin. Tanangiz loyga botgan va siz uni tozalab tashlasangiz, malomatlar, tuhmatlar, ayblovlar va tanqidlar barham topadi.
    SOHIBJAMOL: Erkaklar tushida go‘zal qizlarni ko‘rsa, xonadonida xursandchilik hukm suradi. Agar ozg‘in, rangi siniq qizni ko‘rsangiz, oilangizda kimdir xastalikka chalinadi. Agar erkak tushida sohibjamol bilan birga yurgan, suhbat qurayotgan bo‘lsa, ishda va shaxsiy hayotda unga omad kulib boqadi.

    Manba: "Hordiq"

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?