21:01 / 04.04.2019
6 391

Munajjimlar bashorati: 5 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 aprel kuni ko‘pchilik sizni yo‘ldan adashtirishga urinib ko‘rishi mumkin. Ammo siz tanimagan, bilmagan, sinalmaganlar bilan muloqotga kirishmaysiz. Muhabbatda oilasizlar bo‘lg‘usi juftiga nisbatan yanada mehribon, oqibatli bo‘lsinlar. Mukofotini keyin olasiz. Suyukli insoningizga kutilmagan sovg‘alar hadya etishdan tiyilmang. Yoki restoranga taklif eting. Faqat baxtdan yorilib ketmaslik uchun emotsiyani jilovda ushlashni unutmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Kuningiz ishga ham, qiziqarli hodisalarga ham juda boy bo‘lishi kutilmoqda. Shu qadar saxovatli insonga aylanasizki, saxovatingiz bitta uyga sig‘may qolishi mumkin. Tijoratchi bo‘lsangiz, katta ishga pul tikishning vaqti yetmadi. Pulingizni hech kim ko‘rmaydigan joyda asray turing. Faqat ishlatib qo‘yishni xayolingizga keltirmang. Kechqurun yaqinlaringiz bilan chaqchaqlashib vaqt o‘tkazsangiz, kayfiyatingiz yanada pozitiv holatga kirgan bo‘lardi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 aprelda o‘zingiz bilan birga qolishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Zerikib qolasiz. O‘tkazgan vaqtingizdan mazmun topa olmay halak bo‘lasiz. Shuning uchun yaxshisi sport bilan shug‘ullaning. Medalga yarasha shug‘ullanmasangiz-da, salomatligingiz yaxshilanishi uchun zamin yaratiladi. Yoga bilan shug‘ullanish asab tizimingizni me’yorga keltirishi mumkin. Kechqurun xonadoningizga olisda yashaydigan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishi mumkin. Kechqurun toza havo sayrini ham esdan chiqarmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Qachonlardir do‘st tutingan, birga ishlagan odamlar bilan uchrashib suhbatlashishingiz kutiladi. Bu uchrashuv ajoyib tarzda o‘tadi. Ammo biroz charchatishi mumkin. Bundan xalos bo‘lish uchun sevimli xobbingiz yoki uydagi mayda yumushlar bilan vaqtincha band bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Shunda qo‘shimcha kuch yig‘asiz, sergak tortasiz. Kechqurun ovqatlanish rejimiga amal qiling. Me’yorlarni buzmang. Bugun birovlarni ranjita ko‘rmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 aprel kuni ko‘pchilik qarshisida so‘zga chiqishingiz mumkin. Shu bahonada odamlar bilan fikr almashasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, kelishuvlarga ham erishishingiz mumkin. Shaxsiy hayotingiz ham qiziqarli va yorqin lahzalarga boy bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir ko‘p vaqt birga bo‘lgan inson haqida yoqimsiz xabar eshitishingiz kutiladi. Bu xabarni qabul qilishingiz albatta juda mushkul kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar bajarajak ishlaringiz og‘irligini oldindan sezsangiz, yaxshisi o‘zingizga yordamchi chorlang. Bir o‘zingiz og‘ir ishni uddalay olmaysiz. Uddalagan taqdiringizda ham oyog‘ingizdan olishi hech gap emas. Bugun zararli odatlardan voz kechishi uchun juda qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin, bu odatlardan voz kechishingiz kerak. Vitaminlar iching, ko‘proq piyoda yuring. Natijasini keyin ko‘rib albatta xursand bo‘lasiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 aprelda mehnatlaringiz mevasini ko‘rgach, birdan yengil tortasiz. Tunlari uxlamasdan shu ish haqida o‘ylaganingiz, shug‘ullanganingiz bekor ketmaganini ko‘rib xudoga shukr qilasiz. Tadbirkorlar bugun kun davomida xorij safariga otlanishlari mumkin. Xorijda sizni juda foydali kelishuvlar kutib qoladi. Kelajak rejalaringizni yaqinlaringizdan ham sir tutmang. O‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz juda og‘ir kechishi kutilmoqda. Lekin uni xavotirlarsiz, asabiyliklarsiz kechirsangiz ham bo‘ladi. Buning uchun imkoniyatlar bor. Juda do‘ppi tor kelsa, qarindoshlardan maslahat so‘rang. Ular bajonidil bu masalada sizga yordam berishadi. Moliyaviy muammolaringiz hozircha tuman orasida qolgandek. Shuning uchun ularni bartaraf etishga urinmay tursangiz ham bo‘ladi. Kechki payt tabiat qo‘yniga chiqib dam olsangiz ham ziyon qilmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 aprel kuni go‘yoki olovga aylanasiz. Bu olov qa’ridan hech qanday ish, muammo qochib qutula olmaydi. Hatto, rahbarlar buyurgan eng qiyin, murakkab loyihalarning ham adabini berib tashlaysiz. Oilasizlarga esa muhabbatda omad kulib boqmoqchi emas. Ayrimlarning tanlagani boshqa birov bilan ketib qolishi ehtimolga yaqin. Iloj qancha. Demak, taqdiringizda boshqa birov paydo bo‘ladi. Sira xavotirga tushmang. O‘zingizni qo‘lga oling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz odatiy kunlardan sira farq qilmaydi. Kayfiyatingiz tuman orasida suza boshlaydi. Dam olish haqidagi o‘ylar ham bu tumanni tarqata olmasligi mumkin. Ammo asta ko‘chaga chiqsangiz, do‘stlarni uchratasiz, suhbat qurasiz va yozilasiz. Tuman o‘z-o‘zidan tarqab ketadi. Bugun umurtqa pog‘onasini mustahkamlashga qaratilgan muolajalar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun mashg‘ulotlar zaliga borib sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Bardam bo‘ling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 aprelda o‘zingizga o‘zingiz dam olish kuni e’lon qilsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bahonada ovqatlanishdagi xatoliklarga barham berish haqida bosh qotirasiz. Mustaqil fikrlab, dunyodagi bo‘layotgan ishlardan voqif bo‘lasiz. Bu ham yordam bermasa, qalbingizga yaqin bir mashg‘ulotni o‘ylab toping. Ayol kishi bo‘lsangiz, do‘kon aylanib o‘zingizga yoqadigan kiyim xarid qilsangiz ham yomon bo‘lmaydi. Ana shunda barcha qayg‘ulardan xalos bo‘lasiz. Asab tinchlanadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kuningiz yorqin va xavotirlardan yiroq kechadi. Agar anchadan beri juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlarda mushkulotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, bugun ular barham topadi va siz nihoyat bir-biringizni tushunib yetasiz. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda intiluvchanlik talab etiladi. O‘z ustingizda ko‘proq ishlashingiz zarur bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda qiyinchilpklar ko‘zga tashlanmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?