Toshkent shahrida qalbaki guvohnoma taqdim etgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning 21 may kuni taxminan soat 02:00 da, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qaxramon” yo‘l-patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi Anvar Tojiboyevich Turakulov o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasi asliga shubhalanilganligi sababli, u IIBga olib borilib, undan ushbu guvohnoma olib qo‘yilgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Olib borilgan tergov oldi surishtiruv jarayonida guvohnoma A.T.Turakulovning marhum otasiga tegishli bo‘lganligi va unga o‘zining fotosuratini yopishtirib, soxtalashtirganligi aniqlangan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi bilan (soxtalashtiruvchining o‘zi foydalanish maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»