date

PSJ Bavariya vingeri Olise uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

PSJ Bavariya vingeri Olise uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

“Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Ekrem Konur bergan ma’lumotlarga ko‘ra, vingerga “PSJ” qiziqish bildirmoqda. Parij klubi yozgi transfer oynasida Olise uchun myunxenliklarga 100 million yevro taklif qilishga tayyor. “Bavariya” esa futbolchini qo‘ldan chiqarmaslik niyatida va unga yaxshilangan shartlar bilan yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Maykl Olise 2024 yilda “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga 53 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Olise barcha musobaqalarda 29 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 21 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali fransuz futbolchisini 130 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Bavariya vingeri Olise uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi