date

Finlyandiyada erkak mushugining vafoti uchun “bolnichniy” olgan

Finlyandiyada erkak mushugining vafoti uchun “bolnichniy” olgan

Finlyandiyada bir erkak uy mushugi vafot etganidan keyin vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi olgani bilan bog‘liq holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Xabarlarga ko‘ra, ish beruvchi mushukning o‘limiga bog‘liq ruhiy holatni “uzrli sabab” sifatida tan olmagani oqibatida masala sudgacha borgan.

Ma’lum qilinishicha, mushuk og‘ir xastalikga chalingan va uni evtanaziya qilishga to‘g‘ri kelgan. Egasi ish joyiga kasallik varaqasini topshirgan, hatto tibbiy ma’lumotnoma ham taqdim etgan. Biroq korxona rahbariyati hujjatlarni qabul qilmagan va unga “yo ishga chiq, yo ariza yoz” degan talab qo‘ygan.

Erkak bosim sabab ishga qaytgan, ammo keyinchalik “uzrli sababsiz ishga kelmagan” degan vaj bilan ishdan bo‘shatilgan. Shundan so‘ng u Tampere shahridagi tuman sudiga murojaat qilgan va sud da’vogar tarafini olgan.

Natijada korxona sobiq xodimiga 40 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga majbur etilgan. Ushbu summa kompensatsiya, kasallik davri uchun to‘lov hamda sud xarajatlarini qamrab olgan. Biroq erkakning o‘zi bu puldan foydalana olmagan — u sud qarori e’lon qilinishigacha vafot etgan. Shunga ko‘ra, sud mablag‘ni meros tarkibiga kiritish haqida qaror chiqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiyada erkak mushugining vafoti uchun “bolnichniy” olgan