Insinye klub topa olmasa ham umidini uzmayapti

«Napoli»ning sobiq sardori Lorenso Insinye Shimoliy Amerikadagi faoliyatidan so‘ng Italiyaga qaytdi: u Kanadaning «Toronto» klubida to‘p surgan edi. Biroq vataniga kelishi bilan darhol yangi jamoa topishning iloji bo‘lmadi va hozircha Insinye erkin agent sifatida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, 34 yoshli futbolchi sport formasini ushlab turish uchun tinimsiz ishlayapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlaridan ko‘rinishicha, u sport zalida jiddiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va navbatdagi suratiga «hech qachon taslim bo‘lmayman» hamda «har doim ishonaman» mazmunidagi so‘zlarni qo‘shib yozdi.
Eslatib o‘tamiz, Insinye «Napoli» safida 2009 yildan 2022 yilgacha o‘ynagan. U Italiya terma jamoasida 54 uchrashuvda maydonga tushgan va 2021 yilda terma bilan birga Yevropa chempioniga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!