PSJ darvozaboni Safonov jarohatidan so'ng tez orada qaytadi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Qit'alararo kubok finalidan keyin klubning tibbiy bo'limi nazoratida qolmoqda. O'sha uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida u to'rtta zarbani qaytargan, biroq qo'lidan jarohat olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko'ra, Safonovning qo'lidan olingan so'nggi tekshiruvlar ijobiy natija bergan. Rossiyalik posbon yaqin kunlarda PSJning umumiy mashg'ulotlar guruhiga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida “Sporting”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu bahsdan so'ng Fransiyada parijliklarning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalyega nisbatan tanqidlar yangradi.
PSJ navbatdagi o'yinini 23 yanvar, juma kuni safarda “Oser”ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing