date

Qamchiq dovonida qutqaruvchilar haydovchilarga yordam berdi

Qamchiq dovonida qutqaruvchilar haydovchilarga yordam berdi

Qamchiq dovonida kuchli qor yog'ishi va yo'lning muzlab qolishi tufayli harakat qiyinlashdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yo'lda muammoga duch kelgan haydovchilarga yordam ko'rsatdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, sirpanchiq qoplama sabab ayrim haydovchilar boshqaruvni yo'qotib, bir nechta avtomobil yo'l chetidagi zovurga tushib ketgan. Qutqaruvchilar transport vositalarini chiqarib olish, shikastlangan mashinalarni evakuatsiya qilish ishlarini bajardi.

Shuningdek, yo'l xizmatlari bilan hamkorlikda trassa qum-tuz aralashmasi bilan ishlovdan o'tkazilib, muzlama hosil bo'lishining oldi olindi. Hozir dovonda harakat barqaror, havo esa bulutli.

Mutasaddilar haydovchilardan yo'l sharoitini inobatga olib, safarni ehtiyotkorlik bilan rejalashtirishni so'radi. Avvalroq Jizzax viloyatidagi ayrim yo'l uchastkalarida ham noqulay ob-havo sabab qatnov vaqtincha cheklangani bildirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida qutqaruvchilar haydovchilarga yordam berdi