«Arsenal» Haversning jismoniy holatidan xavotirda qolmoqda

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Havers jarohatdan forig‘ bo‘lganiga qaramay, jamoaning so‘nggi ikki uchrashuvida zaxirada qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis futbolchi avgust oyida olgan shikastidan keyin qariyb besh oy maydonga tusha olmadi. Mikel Arteta uni yanvardagi kubok bahslarida — «Portsmut» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda — zaxiradan maydonga tushirgandi. Biroq keyingi to‘qnashuvlarda «Nottingem Forest» hamda Milanning «Inter»iga qarshi uchrashuvlarni Havers zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Jurnalist Ison Xanning xabar berishicha, «Arsenal»da 26 yoshli futbolchining jismoniy tayyorgarligi borasida hanuz xavotir saqlanib qolgan. Havers safga qaytgach, yana yangi noqulaylikka duch kelgani uchun klub uning o‘yin amaliyotini majburan cheklamoqda.
«Kanonirlar» Haversni asosiy tarkibga shoshirmay, mavsumning hal qiluvchi qismi oldidan optimal formaga olib kelish niyatida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!