Angliyada Palmerning Manchester Yunaytedga o'tishi baholandi

«Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi uchun joriy mavsum unchalik omadli kechmayapti: bunga asosan tinmay takrorlanayotgan jarohatlar sabab bo‘lmoqda. Shu fonda u tug‘ilib o‘sgan Manchesterni sog‘inib qolayotgani aytilib, «qizil iblislar» qiziqishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Biroq taniqli insayder Ben Jeykobs bu iddaolar dalillarga tayanmaganini ta’kidladi.
Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, Palmerning «Manchester Yunayted»ga ehtimoliy o‘tishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. U maydondan uzoqroq bo‘lgan paytda turli fikrlar paydo bo‘lishi mumkinligini tan olgan holda, Palmer forma jihatidan tayyor bo‘lgan davrda «Chelsi»da o‘zini juda baxtli his qilganini eslatdi. Shuningdek, jurnalist «Chelsi» ham futbolchini sotishni xohlamayotganini, shu sabab bu transferning real istiqbolini ko‘rmayotganini bildirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Koul Palmerning bozordagi qiymati 120 million yevroni tashkil etadi. Angliyalik futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!