Mark Sukerberg «Apple»ning rahbari Tim Kukning so‘zlaridan jahli chiqdi

  • 07 dekabr 2014, 12:51
  • 5 020
  • Jamiyat
  • Mark Sukerberg «Apple»ning rahbari Tim Kukning so‘zlaridan jahli chiqdi

    «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerberg «Apple»ning rahbari Tim Kukning «agar iste’molchi mahsulot uchun pul to‘lamasa, unda uning o‘zi mahsulotga aylanadi», – degan so‘zlaridan qattiq achchiqlandi. U bunday nuqtai nazarni, ayniqsa u yordamida oshirib yuborilgan narx-navoni oqlashga urinishni, be’mani deb hisoblaydib, Bu haqida «Dni.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

    Sukerbergning fikricha, agar «Apple» kompaniyasi haqiqatan ham o‘z mijozlari haqida qayg‘urganda, o‘z mahsulotlarini bunchalik qimmat narxda sotmagan bo‘lar edi. «Meni odamlar oxirgi paytda reklama biznesiga xuddi kompaniyani o‘z iste’molchilaridan uzoqlashtiruvchi bir narsaga qaragandek fikrda bo‘lishlari achchig‘imni keltiradi. Menimcha bunday yondashuv kulgilidir. Nima, agar siz «Apple»ning mahsulotlariga pul to‘lasangiz, siz unga yaqinroq bo‘lasizmi? Agar siz ularga haqiqatan ham yaqin bo‘lganingizda, unda ular o‘z mahsulotlarini ancha arzonroq sotishgan bo‘lishardi», – deb hisoblaydi Mark.

    » » Mark Sukerberg «Apple»ning rahbari Tim Kukning so‘zlaridan jahli chiqdi