Toshkentda aqlli svetoforlar tizimi: yo‘l harakatida yangi davr boshlandi

1 daqiqa o'qish1.1K
Toshkentda aqlli svetoforlar tizimi: yo‘l harakatida yangi davr boshlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkentda yo'l harakatini boshqarish uchun zamonaviy intellektual transport tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
  • Yangi svetoforlar sensorlar orqali transport oqimini tahlil qilib, tirbandlik ko'proq bo'lgan yo'nalishga ustuvorlik beradi hamda jadvaldan ortda qolgan avtobuslar uchun yashil chiroq vaqtini avtomatik uzaytirishi mumkin.

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtda svetoforlar ommaviy tarzda yangilanayotgani bo‘yicha rasmiy tushuntirish berdi. Mutaxassislar taʼkidlashicha, shaharda zamonaviy intellektual transport tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va bu o‘z navbatida yo‘l harakatini boshqarishda yangi davrni boshlab bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, yangi tizim har bir chorrahani oddiy to‘xtash nuqtasi emas, balki transport oqimini tahlil qilib, uni aqlli boshqaradigan markazga aylantiradi.

Svetoforlar maxsus sensorlar orqali transport harakatini doimiy nazorat qiladi. Agar muayyan yo‘nalishda tirbandlik bo‘lmasa, yashil chiroq ortiqcha ishlab turmaydi va tizim asosiy oqim ko‘proq to‘plangan yo‘nalishga ustuvorlik beradi.

Shuningdek, tizim avtobuslarni ham aniqlab, ular jadvaldan orqada qolmasligi uchun svetoforning yashil fazasini avtomatik ravishda uzaytirishi mumkin.

Markaz eski svetofor ustunlarini saqlab qolish texnik jihatdan imkonsiz ekanini ham tushuntirdi. Yangi standartlarga muvofiq barcha elektr kabellar va optik tolali aloqa tizimlari yer osti infratuzilmasi orqali o‘tkaziladi. Eski ustunlar esa bunday zamonaviy “yashirin tizim” talablariga mos kelmaydi.

Bundan tashqari, datchiklar va videoanalitika kameralarining aniq ishlashi uchun ustunlardagi tebranish minimal bo‘lishi shart. Yangi konstruksiyalar esa barqarorlikni taʼminlab, maʼlumotlarning aniqligini oshiradi va xato o‘lchovlarni bartaraf etadi.

Yangi ruxlangan tayanchlar zanglamaydi, uzoq muddat xizmat qiladi va har yili bo‘yash kabi qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi.

Markaz fikricha, asosiy maqsad — qo‘lda boshqariladigan tizimdan to‘liq avtomatlashtirilgan raqamli transport boshqaruviga o‘tishdir. Bu shunchaki infratuzilmani yangilash emas, balki butun shahar harakat tizimini intellektual darajaga olib chiqish hisoblanadi.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, bunday keng ko‘lamli modernizatsiya eski infratuzilmada amalga oshirilishi juda qiyin, shu sababli bosqichma-bosqich to‘liq yangilash rejasi tanlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?