G‘uzorda soliq qarzi uchun Chevrolet MENLO xatlandi

G‘uzorda soliq qarzi uchun Chevrolet MENLO xatlandi
Qisqacha

G‘uzor tumanida 84 million so‘m soliq qarzdorligi bor bo‘lgan "O‘lmas Jabbor o‘g‘li" fermer xo‘jaligiga nisbatan majburiy choralar ko‘rildi. Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmagani sababli, xo‘jalikka tegishli Chevrolet Menlo rusumli avtomobil xatlangan. Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Mazkur chora qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

G‘uzor tumanida soliq qarzdorligini undirishga qaratilgan ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli avtotransport vositasi xatlandi. Qarzdorlik miqdori 84 million so‘mni tashkil etgan.

Byuroning G‘uzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan “O‘lmas Jabbor o‘g‘li" fermer xo‘jaligining soliq qarzdorligini undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borildi.

Qarzdor tomonidan belgilangan muddatlarda soliq majburiyatlari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy choralar qo‘llanildi.

Jumladan, fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan Chevrolet MENLO rusumli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Coliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslik majburiy ijro choralarini qo‘llashga olib keladi. Qonun ustuvorligi taʼminlangan sharoitda har bir qarzdor o‘z majburiyatini bajarishi shart.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar