“Neftchi” Toshkentda “Bunyodkor”ni mag‘lub etib peshqadamga yetib oldi

1 daqiqa o'qish577
“Neftchi” Toshkentda “Bunyodkor”ni mag‘lub etib peshqadamga yetib oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Superliganing 7-turida "Neftchi" jamoasi "Bunyodkor" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
  • Uchrashuvning yagona golini 45-daqiqada Yovan Jokich kiritdi.
  • Ushbu natija bilan Farg‘ona klubi 18 ochko to‘plab, turnir jadvalida yetakchi "Paxtakor"ga yetib oldi.
  • "Bunyodkor" esa 13 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.

Superliganing 7-tur yakuniy uchrashuvi doirasida Toshkentda qiziqarli va keskin kurashlarga boy bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Neftchi mehmon sifatida “Bunyodkor”ga qarshi maydonga chiqdi va minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Bellashuvning yagona va hal qiluvchi goli birinchi taym oxirida, 45-daqiqada Yovan Jokich tomonidan kiritildi. Ushbu aniq zarba uchrashuv taqdirini hal qildi va mehmonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, Farg‘ona klubi bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlari umumiy ochkolarini 18 taga yetkazib, turnir jadvalida yetakchi hisoblangan “Paxtakor”ga yetib olishdi. Bu natija chempionlik poygasini yana-da qizg‘inlashtirdi.

Toshkentliklar jamoasi esa ushbu o‘yindan so‘ng 13 ochko bilan 5-pog‘onada joylashdi va yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Superliga. 7-tur natijasi:

Bunyodkor – Neftchi 0:1

Gol: Yovan Jokich (45)

Bunyodkor tarkibi: Federiko Botti, Najmiddin Normurodov, Muzaffar Olimjonov (Sardor Abdunabiyev, 77), Narimonjon Ahmadjonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Asadbek Rahimjonov (Shahboz Umarov, 77), Marko Bugarin (Sadriddin Hasanov, 46), Azizbek To‘lqinbekov, Bilolxon Toshmirzayev (Amir To‘raqulov, 64), Matiya Krivokapich (Dmitriy Pletnyov, 46), Samandarjon Mavlonqulov.

Neftchi tarkibi: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Anvarjon G‘ofurov, Farruh Sayfiyev, Izzatillo Po‘latov, Abrorbek Ismoilov (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 69), Vladimir Yovovich (Ratinio, 69), Jamshid Iskandarov (Asilbek Jumayev, 81), Yovan Jokich, Alisher Odilov (Xurshid G‘iyosov, 61), Zoran Marushich (Ivan Peritsa, 61).

Ushbu g‘alaba “Neftchi”ni chempionlik poygasida yana-da kuchli raqibga aylantirdi va muxlislarda katta ishonch uyg‘otdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?