12:10 / 07.12.2019
3 059

"Qochoq ota" Andijondan topildi

"Qochoq ota" Andijondan topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 21.02.2011 yildagi qarzdor Mirodilov Umid Raxmonovichdan undiruvchi Mirodilova Nodira Umarovna foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oyda daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga sobiq Sud ijrochilarining Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan 11.03.2011 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor U.Mirodilovni yashash manzilida aniqlanmaganligi va uning qayerda ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli 14.11.2018 yilda qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qarzdor U.Mirodilov Andijon shahrida yashab kelayotganligi aniqlanib, ushlangan va Qo‘qon shahriga keltirilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor U.Mirodilovning aliment qarzdorligi hisoblanganida 01.11.2019 yil holatiga 25 mln. 774,4 ming so‘mni tashkil etishligi ma’lum bo‘lgan.
Shu yerda, qarzdor aliment uchun 01.07.2020 yilga qadar bo‘lgan davr uchun to‘lovni amalga oshirishini bildirib, jami 26 mln. 264 ming so‘m mablag‘larni naqd shaklda undiruvchi N.Mirodilovaga tilxat asosida topshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qochoq ota" Andijondan topildi