17:50 / 13.12.2019
4 894

Oila - muqaddas dargoh

Oila - muqaddas dargoh
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.U.dan undiruvchi Z.I. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi 23.08.2012 yildagi ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan taraflar bilan bo‘lim davlat ijrochilari o‘rtasida suhbat olib borilganda hamma oilada bo‘ladigan muammolar sabab oila buzilib ketganligi qarzdor va undiruvchi 7 yildan buyon birga yashamay qonuniy ajrashganligi, bir nafar farzandi ota mehriga zor bo‘lib, qolaversa boshqa o‘rtoqlari kabi ota-onasi bag‘rida bir oila bo‘lib yashash baxtidan ayrilib, murg‘ak qalbi o‘ksinib yashab kelayotganligiga guvoh bo‘ladi.

MIB Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochilarining sa’yi harakatlari bilan tomonlar bilan samimiy suhbat olib borilib, savobli ishga qo‘l urildi, ya’ni 7 yildan buyon birga yashamay qonuniy ajrashgan Usmanovlar oilasi yarashtirildi va tiklandi. Hozirda ular baxtli oilalar safida birgalikda yashab kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila - muqaddas dargoh