Ikki hududda Afgʻonistondan keltirilgan yirik opiy partiyasi fosh etildi

1 daqiqa o'qish183
Ikki hududda Afgʻonistondan keltirilgan yirik opiy partiyasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlandi.

Maʼlum qilinishicha, operatsiyada bojxona idoralari ham ishtirok etgan va noqonuniy aylanmaga kiritilgan opiy musodara qilingan. Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam narkotik jinoyat uchun sudlangan shaxs boshqarayotgan “Lacetti” avtomobili Kogon tumanida toʻxtatilgan.

Tekshiruv jarayonida avtomobilning motor qismidagi havo filtri ostiga yashirilgan 993 gramm opiy topilib, dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida ushbu shaxs moddani Termiz tumanida yashovchi boshqa shaxsdan olgani maʼlum boʻlgan.

Keyingi tezkor tadbirda mazkur shaxs ham qoʻlga olingan. Uning yonidan 5 kilogramm va yashash manzilidan yana 7 kilogramm opiy giyohvandlik vositasi topilib, musodara qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?