"Rostex" o'q o'tmaydigan va sovuqqa chidamli batareyalarni ishlab chiqdi

Rossiyaning "Rostech" davlat korporatsiyasi yangi o'q o'tmaydigan va sovuqka chidamli batareyalarni ishlab chiqardi. Ushbu batareyalar har qanday sharoitda o'rnatilishi mumkin bo'lib, og'ir harbiy texnika va aloqa tizimlarini quvvatlantirish uchun mo'ljallangan. Batareyalarda suyuq elektrolit yo'q, bu esa ularni yanada ishonchli qiladi. "Rostech" ma'lumotlariga ko'ra, ushbu mahsulot deniz infratuzilmasida allaqachon qo'llanilmoqda.
Rossiyaning "Rostex" davlat korporatsiyasi mutaxassislari o'q tegishi va qattiq sovuqqa chidamli yangi akkumulyatorlarni yaratdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
"RT-Proyektniye texnologii" xoldingi ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu import o'rnini bosuvchi quvvat manbalari har qanday holatda o'rnatilishi mumkin. Bunday akkumulyatorlar og'ir harbiy texnika dvigatellarini ishga tushirish, shuningdek, qo'mondonlik punktlari va aloqa tarmoqlarini quvvatlantirish uchun mo'ljallangan.
Yangi batareyalarda suyuq elektrolit yo'q, u maxsus shisha tolali gubkalarga singdirilgan. Shu sababli korpus teshilganda ham elektrolit oqib ketmaydi va qurilma ishlashda davom etadi.
"Rostex" ma'lumotlariga ko'ra, ushbu mahsulot dengiz infratuzilmasi obyektlarida allaqachon qo'llanilmoqda. Qurilma flotning og'ir sharoitlarida ishlashga tayyorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatga ega.































Izohlar 0
…